Zond orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zond orollari (Yava o.da yashovchi zunda qabilasi nomidan) — Malay ar-xipelagining asosiy qismi. Ikki kiyemga boʻlinadi: 1) Katta 3. o.Sumatra, Yava, Kalimantan va Sulavesi; 2) Kichik Z.o. — Yava o.dan sharqqa Timor o.gacha boʻlgan orollar (Bali, Lombok, Sumbava, Flores va b.). Mayd. 1,5 mln. km2. Relyefi togli, vulkan harakatlari kuchli, teztez zilzila boʻlib turadi. Botqoklashgan payettekislik kup. Qalay, volfram, neft, boksit va b. foydali qazilmalar bor. Iklimi nam ekvatorial iqlim, yogʻin yiliga tekisliklarda 2000 mm, togʻlarda 5000 mm gacha yogʻadi. Ekvatorial oʻrmonlar bilan qoplangan, janubi musson oʻrmonlari va savannalaridan iborat. Endemik oʻsimlik koʻp. Hududining katta qismi Indoneziya, qisman Bruney va Sharqiy Timor tarkibida.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil