Richard Willstätter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vilshtetter Rihard Martindan yoʻnaltirildi)

Richard Willstätter (1872.13.8, Karlsrue1942.3.8, Lokarno, Shveysariya) — nemis kimyogari va biokimyogari. Syurix oliy texnika maktabi (1905—12), Berlindagi kayzer Vilgelm kimyo instituti (1912-15), Myunxen universiteti (1916-25) prof. Asosiy ishlari tropin, atropin, kokain alkaloidlari, qon pigmentlari va xlorofillning kimyoviy tuzilishini oʻrganishga bagʻishlangan. Vanilin boʻyoqlari va oʻsimlik pigmentlari (antotsianlar va flavonlar)ni tekshirgan. Fermentlar kimyosiga katta hissa qoʻshgan, katalitik gidrogenizatsiya, fotosintez va sellyulozaning parchalanish jarayonlarini oʻrganish borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1915)[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil