Uchinchi reyx
Uchinchi reyx (nemicha: Drittes Reich, «uchinchi imperiya») — 1933 yil 24 martdan 1945 yil 23 maygacha Olmoniya Imperiyasining norasmiy nomi. Bir qator tarixchilar Olmoniya kapitulyatsiya eʼlon qilgan kun — 8 mayni Uchinchi reyxning qulashi bilan adashtiradilar. Rasman u 23 mayda, Karl Dyonits hukumati qoʻlga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatgan. Shuningdek, natsistik Olmoniya, fashistik Olmoniya, Mingyillik reyx nomlari ham mavjud.
Veymar Respublikasini almashtirish uchun hokimiyat tepasiga Adolf Hitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik partiya keldi. Gitler Uchinchi reyxning faoliyatidagi amaldagi yagona reyxskansleri boʻlgan.
Termin «uch podsholik» haqidagi oʻrtaasrlarning mistik taʼlimotidan olingan. Ushbu taʼlimot nemis milliy adabiyotida keng qoʻllanilgan. Birinchi imperiya oʻrta asrlarda hukm surgan olmon xalqlarining Muqaddas Rim imperiyasi hisoblangan. Uning asoschisi Otton I boʻlgan va u 1806 yilga qadar hukm surgan. Ikkinchi imperiya 1871 yilda asos solingan va 1918 yilda amaliy jihatdan (yuridik jihatdan emas) tugatilgan. Uchinchisi yangilangan, Birinchi Jahon urushidagi magʻlubiyatdan keyin ruhi koʻtarilgan va revolyutsiyalardan hosil boʻlgan yangi milliy Olmoniya boʻlishi kerak edi va u ming yil yashashi kerak edi. Natsistlar terminni oʻng kayfiyatdagi mashhur publitsist Meleren van den Bruk tomonidan nashr etilgan «Uchinchi reyx» kitobidan bevosita olishgan edi.
Saytlar[tahrir]
- Uchinchi reyx ensiklopediyasi Arxivlandi 2015-04-13Wayback Machine saytida.
- «Jinoiy maqsadlar — jinoiy vositalar». Uchinchi reyx tomonidan bosib olingan SSRI hududlaridagi reyx siyosati
- Natsizim tarixi. Maqolalar toʻplami
- Mark Uloker «Natsional-sotsializmda fan»
- www.verbrechen-der-wehrmacht.de Arxivlandi 2011-07-14Wayback Machine saytida. (olm.)
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
![]() |