Asbest

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Asbestos with muscovite.jpg

Asbest (yun. asbestos – so‘nmaydigan, yemirilmaydigan) – egi-luvchan va ingichka (0,5 mkm gacha) tolalarga ajralish xususiyatiga ega bo‘lgan tolasimon minerallar nomi. Ikki guruhga – serpentinlarga (xrizotil-as-best) va am-fibollarga (amfibol-asbest) bo‘linadi. Xrizotil-asbest (butun dunyoda olinadigan A.ning 95% dan ortig‘ini tashkil etadi) sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bu mineral o‘tda kuymaslik (erish temperaturasi 1500°), tovush va elektr energi-yasini o‘tkazmaslik xususiyatlariga ega. Sanoatda qo‘llanishi jihatidan A. 3 turga bo‘linadi: 1) tolalari 8 mm dan uzun bulgan A. (to‘qimachilik asbesti); gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday gazlamalardan o‘tga chidamli kiy-imlar, teatr pzrdalari, brezent hamda avtomobil tormoz lentalari, filtr va boshqa asborezina buyumlar ishlanadi; 2) to-lalarining uz. 2 mm dan 8 mm gacha bo‘lgan A.; asbotsement buyumlar, shifer, kanali-zatsiya, suv, neft, gaz quvurlari, asbest kartoni, qog‘oz, issiqlik va elektr izo-lyatsiyalari tayyorlash uchun ishlatiladi; 3) tolalarning uz. 0,2 mm dan 2 mm gacha bo‘lgan A. (qurilish va sement asbesti); utga chidamli qurilish materiallari va issiqqa chidamli buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Konseregen xossaga ega (tarkibida zaharli modda) bulgani uchun qurilish materiali sifatida kam shilatila boshlandi. Amfibol-asbestdan esa kislota va ishqor ta’siriga chi-damli buyumlar tayyorlanadi. A. ko‘pincha ultra asosli va tarkibida kremnezem kup bo‘lgan magmatik jinslar tutashmalarida va qisman tutash metamorfizm mahsuli sifatida magmatik jinslarning dolomitlar bilan tutashuvida paydo bo‘ladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil