Ijro etuvchi hokimiyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi.

OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e. H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi (yana qarang Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil