Eksport

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eksport — tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish boʻlib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.

Eksportni ragʻbatlantirishning kredit-moliyaviy usullari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham E.ga kiradi.

Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar E. tarkibi (koʻrinma E.) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar E. qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar E.ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar E.ida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.

Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas E.ni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.

Har qanday davlat uchun E. import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarangTashqi iqtisodiy siyosat) E.ni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; E.ni davlat tomonidan kreditlash).

E.ni cheklash (qarang Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar E.i baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar E.i bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi.

2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi E.i 3725,0 mln. AQSH dollaridan iborat boʻldi (import 2964,2 mln. AQSH dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), mashina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boshqalar asosiy oʻrinda turadi.

Koʻpgina mamlakatlarda E. tovarlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va shunga oʻxshash soliqlardan ozod qilinadi (yana qarang Tashqi savdo).

Qodirjon Yusupov.

  • eksportga tovarlar etkazib berishni subsidiyalash;
  • eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini ragʻbatlantirish;
  • xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sugʻurtalash;
  • eksportdan olinuvchi foydadan soliq toʻlashdan ozod etish va h.k.


Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Import