Arabiston yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arabiston yarim oroliOsiyodagi eng yirik yarim orol; maydoni qariyb 3 mln.km², g‘arbda Qizil dengiz, jan.da Adan qo‘ltig‘i va Arabiston den-gizi, sharqda Ummon va Fors qo‘ltiqlari bilan o‘ralgan. Arabiston yarim orolio. Afrika qalqonining bir qismi bo‘lgan; paleogen dav-ri oxi-ri va neogen davrida chuqur Qizil den-giz botig‘i orqali Afrikadan ajralib, Osiyoga tutashib qolgan. Yarim orol aso-san arxey slaneslari va granitlaridan iborat kristall jinslardan tarkib top-gan. Bu jinslar Arabiston yarim orolio.ning butun g‘arbiy qismida va qisman janubida yer yuzasiga chiqib yotadi, qolgan katta qismida jin-slarning ustini mezozoy va kaynozoyning asosan ohaktosh va qumtoshlardan iborat yupqa qatlami qoplab olgan. Ne-ogen oxiri va to‘rtlamchi davr boshidagi tektonik yorilish, uzilish va gumbazeimon ko‘tarilish natijasida Arabiston yarim orolio.da g‘arbiy vajanubiy qirg‘oqhamda chekkadagi qirlar paydo bo‘lgan. Yoriqlardan vulkanlar ot-ilib chiqib, katta maydonni lava ("har-ra") qoplab olgan va lava qoplamlari ustidan nisbiy balandligi 1000 m gacha bo‘lgan pastak vulkan qoldiqlari ko‘tarilib tu-radi. Shunday vulkan kra-terlaridan bi-rida Adan shahri joylashgan. Arabiston yarim orolio.ning yer yuzasi chekka qismlaridan ichki va sharq tomonga asta-sekin pasayib boradi. Yarim orolning baland chekka qismlarida massiv va supasimon tog‘lar bor. Ularning o‘rtacha bal. 1000 – 2000 m, janubidagi eng baland Asir va Yaman tog‘lari 3600 m ga yetadi. Janubi-sharqida alp bosqichida burmalangan Ummon tog‘li o‘lkasi bor, uning eng baland nuqtasi 3352 m. Arabiston yarim orolio.ning g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan kambar pastlik – Ti-xoma, shimoliy – Shimoliy Arabiston pla-tosi va Katta Nefud cho‘li, markazining kristall jinslardan iborat g‘arbiy qismi O‘rta Arabiston platosi deb ata-ladi, yarim orolning ohaktoshlardan iborat sharqiy qismi kuesta gryadalari-dir, katta maydonni band qilgan pastroq janubiy qismi esa Rub ul-Xoliy qum cho‘li deyiladi. Arabiston yarim orolio., ayniqsa uning sharqiy past qismi neftga juda boy. Neft yuza joylashgan, qazib olish qulay. Arabiston yarim orolio.da yana temir, rux, fosforit-apatit rudalari, oltin, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari konlari bor. Arabiston yarim orolio. iqlimi quruq tropik iqlim. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi shimolda 7° bo‘lsa, janubida 24°, iyunning o‘rtacha temperaturasi hamma qismida 30° dan yuqori, maksimal temperatura 50°, 55°, mini-mal temperatura shimolida 11°, Adanda 16°. Yog‘in kam (100 mm), faqat Yamanda (750 mm) va Ummon tog‘larida (500 mm) ko‘proq. Oqar suvlar tog‘li yerlardagina bor. Qolgan joylarda faqat quruq o‘zanvodiylar uchraydi. Ba’zi joylarda yer osti suvlari chiqib yotadi. Tuproq qumli va toshloq cho‘llarda butunlay yo‘q yoxud hali 589ibtidoiy holda. Arabiston yarim orolio.ning shimoliy qismi bo‘z tuproq bilan, janubiy va janubi-sharqidagi tog‘li o‘lkalar qizil va qizil-qo‘ng‘ir tog‘ tuproqlari bilan qoplangan. Arabiston yarim orolio.da aso-san Afrika florasiga xos o‘simliklar o‘sadi, Hindiston va O‘rta dengiz atro-figa xos o‘simlik turlari ham uchraydi. Cho‘llarda o‘simlik siyrak, ular shuvoq, sho‘ra, astragal, kermak, yulg‘un kabi il-dizlari uzun, dag‘al o‘t yoki buta, yoxud da-raxtchalardan iborat. Bahorda efemerlar barq urib o‘sadi. Tog‘larning sernam yon bag‘irlarida barg to‘kadigan o‘rmonlar uchraydi. Janubi-g‘arb va janubi-sharqda savanna tipidagi o‘simliklar o‘sadi. Vohalarda xurmo daraxtlari ayniqsa ko‘p. Hayvonlardan jayron, yovvoyi eshak, qo‘shoyoq, qumsichqonlar, sirtlon, bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, cho‘l parrandalari va xilma-xil sudraluvchilar yashaydi. Arabiston yarim orolio.da BAA, Saudiya Arabistoni, Yaman, Quvayt, Qatar, Ummon davlatlari, Iroq va Iordaniyaning bir qismi joylashgan (bu mamlakatlar tabiati haqida tegishli maqolalarga q.).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil