Kompaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kompaniya (frans. compagnie) — iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sugʻurta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi. K. deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xoʻjalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, yaʼni turli tashqiliy-huquqiy shakllarga ega boʻlgan korxonalar tushuniladi. K. yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi. K. sherikchilik, korporatsiya tamoyillari, tadbirkorlik faoliyatining boshqa tamoyillari boʻyicha faoliyat kursatishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil