Aldegidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aldegidlar, RCHO – moleku-lasida organik radikal (R) va vodorod atomi bilan bog‘langan karbonil guruhi (>C=O) bo‘lgan organik birikmalar. Al-degid guruhi (–SNO)ning qanday radikal bilan birikkanligiga qarab to‘yingan, to‘yinmagan, aromatik va geterotsiklik A. bo‘lishi mumkin. A.ni atashda tegish-li organik kislotalarning nomlaridan foydalaniladi. Mas, chumoli kislotaga to‘g‘ri kelgani chumoli aldegid yoki for-maldegid, sirka kislotaga to‘g‘ri kelgani sirka aldegid yoki atsetaldegid dey-iladi. Jeneva nomenklaturasi bo‘yicha A.ni atash uchun uglevodorodlar nomi yoniga al qo‘shimchasi qo‘yiladi. Mac, HCHO metanal, SN3SNO etanal. Ba’-zi A. tasodifiy nomlarga ega; mas, fur-furol A. birlamchi spirtlarni oksid-lash, organik kislotalar hosilalarini qaytarish va boshqa usullar bilan olinadi. Ular juda tez reaksiyaga kirishuvchi faol moddalar hisoblanadi. Reaksiya paytida radikaldagi vodorod atomlari va karbonil guruhdagi kislorod boshqa atomlarga almashinishi hamda >C=O dagi qo‘shbog‘ uzilishi natijasida boshqa atomlarni biriktirib olishi mumkin. Bulardan tashqari, A. aldol, kroton va murakkab efir kondensatsiyalari degan kondensatsiyaga uchrashi mumkin. A. oson oksidlanadi. Ular polimerlanishi, ya’ni bir necha mole-kulalari o‘zaro birikib, yuqori mole-kulyar birikma hosil qilishi mumkin. Ba’zi A. ishqorlar ta’sirida Kannits-saro reaksiyasi deb ataladigan reaksiyaga kirishadi. Ular fenolformaldegid smolalar olishda, antiseptiklar sifatida, dezinfeksiya-lashda va boshqa maksadlarda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil