Oʻzbekiston Respublikasi sanʻat arbobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
"Oʻzbekiston Respublikasi san'at arbobi" nishoni
Oʻzbekiston sanʻat arbobi (medali).jpg
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
KimgaTopshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi sanʼat yuksalishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 6-iyun[1]

"Oʻzbekiston Respublikasi san'at arbobi" nishoni — Oʻzbekiston Respublikasida sanʼatning biror yoʻnalishida yuksak xizmatlar koʻrsatgan shaxslarga beriladi.

Tavsifi[tahrir]

  • Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida rangin taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, skripka va ochiq kitob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismidan „SANʼAT ARBOBI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
  • Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻich halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar[tahrir]