Moʻynoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mo'ynoqdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Moʻynoq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Qoraqalpogʻiston
Tuman Moʻynoq tumani
Koordinatalari 43°46′0″N 59°02′0″E / 43.76667°N 59.03333°E / 43.76667; 59.03333Koordinatalari: 43°46′0″N 59°02′0″E / 43.76667°N 59.03333°E / 43.76667; 59.03333
Aholisi 13 500[1] nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Moʻynoq (Oʻzbekiston)
Moʻynoq

MoʻynoqQoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoqtumanidagi shahar (1963 yil 27 iyuldan). Tuman markazi. Qoraqalpogʻistonning eng shim. shahri. Orol dengizining suvi chekinmasdan avval dengizning janubiy-gʻarbiy soqilida joylashgan edi. Nukus shahridan 180 km shimolida, yaqin temir yoʻl stansiyasiQoʻngʻirot (100 km). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,4°, iyulniki 26,3°. Kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 13,6 ming kishi (2000). Oʻtmishda shahar sanoatida hunarmandchilik asosiy oʻrin tutgan. Konserva kombinati, paxta tozalash, non zavodlari, bosmaxona, madaniy va maishiy xizmat shoxobchalari, umumiy taʼlim maktablari, sanoat transport kasbhunar kolleji, biznes maktabi, kutubxona, klub, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, choʻmilish xavzasi, kasalxona bor. Orol dengizining Moʻynoqdan uzoklashishi, murakkab ekologik holat shahar qurilishiga, sanoatning rivoji va madaniy hayotiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Число постоянных жителей в Республике Каракалпакстан на 1 января 2018 года, Портал открытых данных Республики Узбекистан
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil