Dopler effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dopler effekti, Dopler hodisasi — toʻlqinlar manbai ularni qabul qiluvchi vositaga nisbatan harakatlanayotganda toʻlqin tebranishlar chastotasining oʻzgarishi. Birinchi boʻlib avstriya fizigi va astronomi X. Dopler aniqlagan (1842). Barcha toʻlqinlar (yorugʻlik, tovush va b.)ga xos. Manba va qabul qilgich oʻzaro yaqinlashganda chastota ortadi, uzoqlashganda kamayadi. Mac, yaqinlashayotgan parovoz qichqirigʻi balandroq, uzoklashganiniki pastroqdek tuyuladi. Radiolokatsiya va gidrolokatsiya, Yer sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish va b. sohalarda D. e. hisobga olinadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil