Heidelberg universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Heidelberg universiteti
Koordinatalari 49°24′37″N 8°42′23″E / 49.41028°N 8.70639°E / 49.41028; 8.70639 G OKoordinatalari: 49°24′37″N 8°42′23″E / 49.41028°N 8.70639°E / 49.41028; 8.70639 G O

Heidelberg universiteti, Karl Ruprext nomidagi Geydelberg universiteti — Germaniyadagi qadimgi universitetlardan biri. 1386-yilda tashkil etilgan va 4 anʼanaviy oʻrta asr fakulteti (erkin sanʼat, ilohiyot, tibbiyot, huquq) dan iborat boʻlgan. Geydelberg shahrida joylashgan. Oʻquv va ilmiy muassasa sifatida tiklanishi Geydelbergning Badenga qoʻshilishi (1803) dan keyin boshlangan. 19-asrda u Germaniyadagi yetakchi oʻquv yurtlaridan biriga aylandi. Unda faylasuflar G. Gegel va K. Fisher, kimyogar R. Bunzen, fizik G. Kirxgof, tabiatshunos G. Gelmgols, tarixchi F. Shlosser va b. ishladi. Falsafa, teologiya, yuridik, tabiiy fanlar, tibbiyot va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 27 mingdan ortiqtalabataʼlimoladi. Kutubxonasi (1386-yil tashkil etilgan) da 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil