Neytron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neytron atom yadrosini tashkil etuvchi zarrachalardan biri boʻlib, elektr zaryadigi ega emas. Neytron bitta yuqori va ikkita quyi kvarkdan iborat. 1932-yili James Chadwick tomonidan kashf etilgan.[1]

Fizik xossalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neytron (ing. neitron, lot. neuter — unisi ham, bunisi ham emas) — tinch holatdagi massasi 1,67- 10~24 g, spini 1/2, radiusi 1,23 • 10^23 sm, magnit momenti 1,913 yadro magnetoniga teng boʻlgan elektr jihatdan neytral (elektr zaryadi nolga teng) elementar zarra; atom yadrosining tarkibiy qismi. Proton kabi N. ham nuklon deb yuritiladi. Barionlar guruhiga kiradi. N.ni J. Chedvik kashf etgan (1932). Er-kin holda N. uzok, vaqt yashay olmaydi: oʻrtacha yashash davri t= 16 min. N.ning yarim parchalanish davri 11,7 min., shu vaqt davomida u proton, elektron va antineytrinoga aylanadi.

1956-yilda N.ning antizarrasi — antineytron topildi. Uning massasi N. massasiga teng, magnit momenti esa qaramaqarshi ishorali, yaʼni musbat. Antineytron radioaktiv boʻlib, u antiproton, pozitron va neytrinoga parchalanadi. N. markazida qandaydir zaryadli "oʻzak" mavjud. Bu oʻzak atrofida qarama-qarshi zaryadli aylanuvchi qatlam bor, lekin bir butun holda N. elektr neytral zarradir. N. energiyasiga koʻra ultrasovuq (10~7 eV gacha), juda sovuq (10~7—10~4 eV), sovuq (1(N— 5-10-3 eV), issiq (510 3—0,5 eV), rezonans (0,5—10 4 eV), oraliq (104—105 eV), tez (105—108eV), yuqori energiyali (108— 10|0 eV) va relyativistik (4YU10 eV) boʻladi. Energiyasi 105 eV gacha boʻlganlari sekin N. deyiladi.

N.lar fanning turli sohalarida keng qoʻllaniladi. N.lar ham boshqa radioaktiv nurlar singari organizmga biologik taʼsir koʻrsatadi. N. xususiyatlaridan tibbiyotda (Mas, neytronoterapiya), geologiyada (neytron karotaj va boshqalar) keng foydalaniladi. Maxsus usullar (Mas, radioaktivatsion usul) yordamida N.ni aniklab, moddalarning tarkibi oʻrganiladi.[2]

Neytron massasi 1,67492729(28)×10−27 kg,[3] oʻrtacha yashash vaqti 885.7(8) s (erkin neytron uchun), spini ½ dir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar