Elektron emissiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektron emissiya — qattiq jism yoki suyuqlikning elektr maydon, qizdirish, elektromagnit nurlanish, elektronlar oqimi va boshqalar tashqi omillar taʼsirida elektronlar chiqarishi. Uning avtoelektron emissiya, termoelektron emissiya, fotoelektron emissiya, ikkilamchi emissiya va boshqalar turlari mavjud. Tashqi omillar taʼsirida qattiq jism yoki suyuqlikdagi elektronlarning bir qismi jism sirti chegarasidagi potensial toʻsiqni yengib oʻtishga yetarli energiya olganda yoki elektr maydon taʼsirida potensial toʻsiq jism ichida eng yuqori energiya olgan elektronlar uchun kuchsiz (shaffof) boʻlib qolganda Elektron emissiya yuz beradi. Elektron emissiyani kuzatish uchun jism (emitter) sirtida elektronlarni tezlashtiruvchi tashqi elektr maydon vujudga keltirish lozim. Bu elektr maydon emitter sirtidan elektronlarni "soʻrib oladi". Elektron emissiyadan ilmiy tekshirish ishlarida, elektron asboblar va lampalar yaratishda foydalaniladi.