Munhen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
München
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Flag
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
48°8′0″N 11°34′0″E / 48.13333°N 11.56667°E / 48.13333; 11.56667Koordinatalari: 48°8′0″N 11°34′0″E / 48.13333°N 11.56667°E / 48.13333; 11.56667
Mamlakat Olmoniya
Yer Bavariya
Hukumat
 • Oberburgomistr Dieter Reiter
Asos solingan 1158
Maydon 310,43 km2
519 m
Aholisi
 (2011)
1 410 259
Zichligi 4397 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 089
Pochta indeks(lar)i 80331-81929
Avtomobil kodi M
Rasmiy kodi 09 1 62 000
Xaritani koʻrsatish/yashirish
München на карте
München
München
München на карте
München
München

Myunxen — Germaniyadagi shahar, Alp togʻlari etagida, Izar daryosi boʻyida. Bavariya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat, savdomoliya, ilmiy va madaniy markazlaridan. Elektrotexnika, radioelektronika, optika-mexanika, umumiy va transport mashinasozligi (jumladan, avtomobilsozlik, lokomotivsozlik va samo-lyotsozlik), harbiy, kimyo, trikotaj, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten kurilgan. Maksimilian nomidagi universitet, FA, Nafis sanʼat akademiyasi, Bavariya milliy muzeyi, etnografiya muzeyi, kartinalar galereyasi, gliptoteka (haykaltaroshlik sanʼati muzeyi) va boshqa bor. M. oʻrnida 8-asrda qishloq boʻlgan. 1158 yildan shahar huquqini olgan. 13-asrdan 1871 yilgacha Bavariya poytaxti. Olmoniya imperiyasi tuzilgach (1871), shahar Bavariya bilan birgalikda uning tarkibiga kirgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 13—19-asrlarda qurilgan binolar saqlangan. M. da muntazam ravishda xalqaro yarmarkalar oʻtkazilib turiladi. 1972 yilda M.da 20-Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[1]

München Olmoniyaning Bavariya yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 310,43 km2. Aholisi – 1 410 259 kishi (2011).

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil