Jacobus Henricus van 't Hoff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yakobus Genrixdan yoʻnaltirildi)
Yakobus Xendriks vanʼt Goff
Tavalludi 30-avgust 1852-yil
Vafoti 1-mart 1911-yil(1911-03-01)
(58 yoshda)
Berlin
Fuqaroligi Kingdom of the Netherlands

Jacobus Henricus van 't Hoff (talaffuzi: Yakobus Genrix van Xof)(1852.30.8, Rotterdam —1911.1.3, Berlin) — golland kimyogari, fizik kimyo va stereokimyo asoschilaridan biri. Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy muxbir aʼzosi (1895-yildan). Amsterdam (1878-yildan) va Berlin (1896-yildan) universitetlarining professor 1874—75 yillarda uglerod atomining toʻrttala valent kuchlari tetraedrning uchlariga yoʻnalgan degan fikrni olgʻa surdi va organik birikmalarning molekulalarida atomlarning fazoviy joylashuv nazariyasini birinchi boʻlib bayon etdi. V.-G. kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi va termodinamikasi, suyultirilgan eritmalar nazariyasi sohasida yirik ishlar qildi. 1885—87 yillarda gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq qilish mumkinligini isbot etdi, eritmalardagi osmotik bosim qonunini taʼriflab berdi (1887), bu qonun V.-G. qonuni deb ataladi. V.-G. suv-tuz sistemalaridagi muvozanatni tadqiq etdi. Nobel mukofotining laureati (1901).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil