Nikolay Semyonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Semyonov Nikolay Nikolayevichdan yoʻnaltirildi)

Nikolay Nikolayevich Semyonov [1896.3 (15.4), Saratov — 1986) — rus fizigi va fizik-kimyogari, kimyoviy fizika fani asoschilaridan, akad. (1932), Mehnat Qahramoni (1966, 1976). Rossiya Fanlar Akademiyasi Kimyoviy fizika instituti asoschisi va direktori (1931 yildan), bir vaqtning oʻzida Moskva davlat universiteti prof. I (1944 yildan). S. zanjir reaksiyalarining umumiy miqdoriy nazariyasini yaratgan (1934). Koʻpgina murakkab zanjirli jarayonlar mexanizmini ishlab chiqqan, erkin atomlar va radikallar xossalarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1956)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil