Jean Baptiste Perrin: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tahrir izohi yoʻq
k Umarxon III Jean Baptist Perrin sahifasini Jean Baptiste Perringa koʻchirdi:
(Farq yoʻq)

28-Oktyabr 2017, 15:04 dagi koʻrinishi

PERREN (Perrin) Jan Batist (1870.30.9, Lill - 1942.17.4, Nyu-York) — fransuz fizigi va fizik-kimyogari, Fransiya FA aʼzosi (1923 yildan, 1938 yildan prezidenti). 1940 yildan AQSH da . Katod nurlarini manfiy zaryadlangan zarralar oqimidan iboratligini tajribalarda asoslagan (1895), Broun harakatini tekshirgan (1908—13), boshqa usullar bilan topilgan qiymatiga moye keluvchi Avogadro sonini aniklagan, molekulaning mavjudligini isbotlagan. P. sovun koʻpigining tuzilishini oʻrganib, har qanday koʻpik bir qancha bimolekulyar qatlamlardan iborat ekanligini aniqlagan. P. rentgen nurlarning tabiatini, gazlarning oʻtkazuvchanligini, fluoressensiya, radioaktivlikni tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1926).[1][2][3].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil