László Lovász
László Lovász | |
---|---|
Tavalludi |
9-mart 1948-yil Budapesht, Vengriya Respublikasi |
Fuqaroligi | Vengriya, AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Eötvös Loránd universiteti Yale universiteti Princeton universiteti |
Akademik rahbarlari | Tibor Gallai |
Mashhur shogirdlari |
András Frank Tamás Szőnyi Van Vu |
Mukofotlari |
Kyoto mukofoti (2010) Széchenyi oliy mukofoti (2008) Bolyai mukofoti (2007) John von Neumann nazariyasi mukofoti (2006) Gödel mukofoti (2001) Knuth mukofoti (1999) Wolf mukofoti (1999) Fulkerson mukofoti (1982, 2012) Pólya mukofoti (SIAM) (1979) Abel mukofoti (2021) |
László Lovász (talaffuzi: Laslo Lovas) (1948-yil 9-martda tugʻilgan) — vengriyalik matematik. Lovász kombinatorika sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. Lovász Vengriya fanlar akademiyasining hozirgi prezidentidir. Olim 2007-yil 1-yanvardan 2010-yil 31-dekabrgacha Xalqaro matematika ittifoqining prezidenti boʻlib ishlagan. 1999-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. 2021-yilda esa Abel mukofoti bilan taqdirlandi.
Lovász Budapesht shahrida tugʻilgan. oʻrta maktabda Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medallarni qoʻlga kiritgan (1964, 1965, 1966-yillarda). Lovász 1970-yil Vengriya fanlar akademiyasidan Tibor Gallai rahbarligi ostida PhD darajasini olgan. 1975-yilgacha Eötvös Loránd universitetida ishlagan, 1975–1982-yillarda Szeged universitetining geometriya boʻlimini boshqargan. 1982-yilda Eötvös Loránd universitetiga qaytib, u yerda informatika kafedrasini yaratgan.
Lovászning rafiqasi Katalin Vesztergombi ham matematik boʻlib, juftlik hamkorlikda bir necha ilmiy maqola yozgan. Shuningdek, taniqli vengr matematika Paul Erdős bilan 6 ilmiy maqola yozgan. Matematika boʻyicha bir necha kitobga mualliflik va muharrirlik qilgan.