Abror Ismoilov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abror Zokirjon oʻgʻli Ismoilov | ||
| Tavallud sanasi | 1998-yil 8-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Yozyovon tumani Fargʻona | ||
| Boʻyi | 1.76 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | 7 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2016 | Yozyovon | ? | (?) |
| 2016—2018 | Neftchi | 35 | (5) |
| 2019 | Surxon | 23 | (2) |
| 2020—2021 | Paxtakor | 41 | (2) |
| 2022 | → Neftchi | 19 | (5) |
| 2023—2024 | Navbahor | 45 | (3) |
| 2025—h. v. | Neftchi | 29 | (4) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2018 | Oʻzbekiston U19 | 6 | (1) |
| 2019 | Oʻzbekiston U23 | 8 | (0) |
| 2019—h. v. | Oʻzbekiston | 11 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 6-iyul uchun) | |||
Abror Zokirjon oʻgʻli Ismoilov (1998-yil 8-yanvar kuni, Yozyovon tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Neftchi“ jamoasida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abror Fargʻona futbol maktabi tarbiyalnauvchisi. Futbolchilik faoliyatini 2014-yilda Yozyovonchi klubi tarkibida boshlagan[1]. 2016-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. „Neftchi“ jamoasi safida 3 mavsum davomida oʻynagan va 35 ta oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan[2].
2019-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasini tark etgan va Termizning „Surxon“ jamoasiga oʻtgan. 2020-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[3]. Ikki mavsum davomida Poytaxt klubi tarkibida oʻynagan va ikki bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni unvonini qoʻlga kiritgan.
2022-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasiga qaytgan va bir mavsum davomida oʻynagan. 2023-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Ikki mavsum davomida Namangan klubi tarkibida 65 ta oʻyinda ishtirok etgan va 4 ta gol muallifi boʻlgan. Bu davr muobaynida jamoasi bilan Oʻzbekiston kubogida finaliga qadar yetib borgan boʻlsa, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi mavsum soʻngida Navbahor jamoasini tark etgan va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoilov Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyitini 2019-yilning 9-noyabr kuni Qirgʻizistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan[5] va bir golga asistlik qilgan.
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Isht | Gol |
| 2019 | 1 | 0 |
| 2020 | 6 | 0 |
| 2021 | 2 | 0 |
| 2022 | 0 | 0 |
| 2023 | 1 | 0 |
| Jami | 10 | 0 |
2023-yil 5-sentyabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paxtakor
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2020, 2021;
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2020
- Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2021
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2021
- Navbahor
- Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2023, 2024
- Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2024
- Neftchi
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abror Ismoilov - Yozyovon tumani, Odil Ahmedov va "Real Madrid" haqida“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „"Neftchi": Abror Ismoilov Oliy ligada debyut qildi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Rasman: Abror Ismoilov - "Paxtakor" futbolchisi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Eshitdik-da! Abror Ismoilov "Navbahor"ga oʻtadi“. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Uzbekistan 3–1 Kyrgyzstan
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abror Ismoilov OʻzPFL saytida
- Abror Ismoilov Soccerway saytida
- Abror Ismoilov Transfermarkt saytida
- Abror Ismoilov National-Football-Teams.com saytida
- 8-yanvarda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Yozyovon tumanida tugʻilganlar
- NFT template with ID Vikimaʼlumotlarda mavjud boʻlmagan sahifalar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- Yozyovon klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari