Maurice Wilkins

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uilkins Moris Xyu Frederik (1916.15.12, Pongaroa, Yangi Zelandiya) — ingliz biofizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1959). Birmingem universiteti falsafa d-ri (1940). AQSH Kaliforniya universitetida (1941—45), London King kollejida (1946 yildan) ishlagan. Shu kollej molekulyar biol. boʻlimi boshligʻi (1962 yildan) va biofizika prof. (1970 yildan). DNK molekulasining qoʻsh spiralli ekanligi toʻgʻrisidagi Francis Crick va James Watson modelini rentgenstrukturaviy usuli yordamida tasdiqlagan. Foto va termolyuminessensiya (elektron tuzoq) nazariyasini ishlab chiqqan. Nerv sistemasi biofizikasi boʻyicha ham tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1962, F. Krik va J. Uotson bilan hamkorlikda)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil