Charles Richet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charles Richet (1850.26.8 Parij — 1935.4.12) — fransuz immunologi va fiziologi. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1914) va prezidenti (1933-yildan), 1887-yildan Parij universiteti fiziologiya professor Ilmiy faoliyati ovqat hazm qilish fiziologiyasiga oid. 1888-yil fanga "passiv immunitet" tushunchasini kiritgan. 1902-yil organizmning yot oqsillarga boʻlgan allergik reaksiyasini oʻrganib, uni anafilaksiya deb ifodalagan. Richet immunitet va seroterapiya, shuningdek, epilepsiya va oʻpka silini davolash muammolarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1913).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "RISHE (Richet) Sharl" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil