Barbara McClintock

Barbara McClintock (16-iyun 1902 — 2-sentyabr 1992) — amerikalik sitogenetik. Itakadagi Kornell universitetini tugatgan (1923). Ilmiy ishlari krossingover mexanizmini sitologik tadqiq etishga bagʻishlangan, bu tadqiqotlarni makkajoʻxori genomida olib borgan. Koʻchib yuradigan genetik tizimlar (transpozonlar)ni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1983).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |