Howard Martin Temin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Howard Martin Temin (10-dekabr 1934, Filadelfiya – 9-fevral 1994 Madison, Viskonsin) — amerikalik virusolog. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi xamda Sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzosi. Suortmore kollejini tugatgan (1955). Kaliforniya texnologiya institutida falsafa doktori (1959). Viskonsin shtatidagi Madison universitetida onkologiya professor (1969-yildan). Ilmiy izlanishlari eksperimental embriologiya, hayvonlar virusologiyasiga oid. RNKdan DNKga irsiy maʼlumot oʻtkazish (transkripsiyami taʼminlovchi teskari transkriptiza fermentini kashf qilgan (1970). Hujayra irsiy ashyosining oʻsma viruslari bilan taʼsirlashuviga bogʻliq kashfiyot, yaʼni provirus nazariyasi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1975, D. Baltimor va R. Dulbekko bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "TEMIN (Temin) Xouard Martin" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil