Haldan Keffer Hartline

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haldan Keffer Hartline (talaffuzi - Xolden Keffer Xartlayn; 22-fevral 1903, Blumsberg, Pensilvaniya — 17-mart 1983) — amerikalik fiziolog va biofizik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Baltimordagi Jons Xopkins universitetini tugatgan (1927). Pensilvaniya universiteti (1943—49), J. Xopkins universiteti (1943—53), Rokfeller universiteti (1953— 74) professor Ilmiy ishlari boʻgʻimoyoklilar koʻzidagi ayrim nerv hujayralarining bioelektr potensiallariga oid. Nobel mukofoti laureati (1967; R. Granit va J. Uold bilan hamkorliqda).[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil