Bernardo Houssay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bernardo Houssay (1887.10.4, Buenos-Ayres — 1971.21.9) — argentinalik fiziolog. Argentina biol. jamiyatining prezidenti. Buenos-Ayres universitetini tugatgan, shu joyda professor (1910-yildan; tibbiyot doktori, 1911). Buenos-Ayresda biol. va eksperimental tibbiyot institutiga asos solgan va direktori boʻlgan (1943—55). Ilmiy faoliyati fiziologiya va endokrinologiyaga oid. Qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonlarining uglevodlar almashinuvidagi ahamiyatini, shuningdek, qandli diabet kasalligida uglevodlar almashinuvi izdan chiqishini aniqlagan. AQSH Milliy Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, London qirollik jamiyati va boshqa Fanlar akademiyasi hamda jamiyatlar aʼzosi. Nobel mukofoti laureati (1947)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil