Philip Showalter Hench
Jump to navigation
Jump to search
Philip Showalter Hench (1896.28.2, Pitsburg 1965.30.3, OchoRios, Yamayka) — amerikalik revmatolog. Pitsburg universiteti tibbiyot maktabini tugatgan (1920). Meyo klinikasi xodimi (1921), tibbiyot boʻlimi konsultanti va revmatik kasalliklar seksiyasi rahbari (1926 yildan). 1928 yildan Minnesot (Rochester) universitetida, professor (1947 yildan). Revmatik kasalliklar klinikasida endokrin omillarni tadqiq etgan va ularni davolashda buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonini birinchi boʻlib qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1950; E.Kendall va T.Reyxshteyn bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |