Albert Szent-Györgyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albert Szent-Györgyi (16-sentyabr 1893, Budapesht – 22-oktabr 1986, Woods Hole, Massachusetts) — amerikalik biokimyogar (millati venger), tibbiyot (1917-yildan) va falsafa doktori (1927-yildan). AQSH milliy Fanlar akademiyasi (1956-yildan) va Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1957-yildan). Budapesht universitetini tugatgan. 1922—26 yillarda Niderlandiyada, keyinchalik Buyuk Britaniyada (Kembrij universitetida) ishlagan. 1930-yil Vengriyaga kaytgan; Seged (1931—45) va Budapesht universiteti (1945— 47) professor 1947-yildan AQSH dengizbiol. laboratoriya va muskullarni oʻrganish instituti xodimi. Ilmiy faoliyati biologik oksidlanish jarayoni, toʻqimalarning nafas olishi, muskul tarkibidagi oqsillar (aktin va miozin) ni oʻrganishga oid. Muskullar qisqarishining molekulyar mexanizmiga oid nazariyalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1937).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil