Paul Ehrlich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Paul Ehrlich [1854.14.3, Shtrelen, Sileziya — 1915.20.8, Gamburg] — nemis vrachi, bakteriologi va biokimyogari; kimyoterapiya va immunologiya asoschilaridan biri. Breslavl, Strasburg va Leypsig universitetilarida oʻqigan. Berlin klinikasi, Robert Koch instituti, Shteglitsdagi zardoblarni oʻrganish instituti, FrankfurtMayn eksperimental terapiya instituti (1878—1901 )da turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 1901 yildan xavfli oʻsmalar ustida tadqiqot olib borgan. Immunologik reaksiyalarning 1kimyoviy izohi — "yon bogʻlar nazariyasi"ni taʼriflab bergan. Kimyoviy terapevtik moddalarni maqsadga koʻra sintez qilish mumkinligini isbot etgan. Zaxm kasalligini davolashda qoʻllaniladigan salvarsan preparatini kashf etgan. Ilmiy ishlari onkologiya, gistologiya, gematologiyaga oid. Nobel mukofoti laureati (1908, I.I.Mechnikov bilan hamkorlikda)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil