Daniel Nathans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daniel Nathans (30-oktabr 1928, Uilmington shahri – 16-noyabr 1999, Baltimor) — amerikalik genetik, tibbiyot doktori (1954-yildan). Delover shtati universitetini tugatgan (1950). 1972-yildan Jon Gopkisn universiteti tibbiyot fakulteti mikrobiologiya boʻlimi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar biologiyaga oid. Restriksion enzimlar (fermentlar) kashf etgan va ularni molekulyar genetikada qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1978, X. Smit bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil