Hamilton O. Smith

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hamilton Othanel Smith (1931.23.8) — amerikalik molekulyar biolog va genetik. Berklidagi Kaliforniya universiteti (1952) va tibbiyot kollejini tugatgan (1956). Vashington universitetidagi Varne, Detroytdagi (Michigan shtati) G. Ford shifoxonasida, Salomatlik milliy institutida, Michigan universitetida, J. Xopkins kollejining mikrobiologiya boʻlimida professor Syurix universitetidagi (Shvetsariya) molekulyar biologiya institutida ilmiy xodim. Ilmiy ishlari bakteriyalar irsiyati, nuklein kislotalar biokimyosi, bakteriofaglar irsiyati va profaglarning funksional mexanizmlarini oʻrganishga oid. Hamkasblari bilan birinchi boʻlib N. influenzal bakteriyasining restriksion endonukleazasini sof holda ajratib olishga muvaffaq boʻldi, bu ferment bakteriya DNKsini maʼlum bir nukleotidlar ketma-ketligi boʻyicha tarkibiy qismlarga ajratadi. S. bu ketma-ketlikni aniqlash usulini ishlab chikdi. Nobel mukofoti laureati (1978, V.Arber va Daniel Nathans bilan hamkorlikda)[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "SMIT (Smith) Hamilton" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil