Archibald Hill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Archibald Hill (1886.26.9, Bristol, Angliya — 1977.3.6, Kembrij) — ingliz fiziologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1918-yildan; 1935—45 yil sekretar), Kembrij universitetini tugatgan (1907); shu universitetda fizik kimyodan va Manchester universitetida fiziologiyadan dars bergan (1914—19); shu universitet hamda Londondagi universitet kollejida fiziologiya professor (1920—23; 1923—25). Fan va taʼlimni qoʻllabquvvatlash jamiyati raisi (1946—63; 1963-yildan prezidenti). Ilmiy ishlari muskullar faoliyati termodinamikasi va muskullar qisqarishi mexanizmiga oid. Nobel mukofoti laureati (1922, Otto Fritz Meyerhof bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil