Otto Heinrich Warburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Otto Heinrich Warburg (1883.8.10—1970.1.8) — nemis biokimyogari va fiziologi. London qirollik jamiyati aʼzosi. Berlindagi Hujayra fiziologiyasi instituti direktori (1930 yildan). Asosiy ishlari tirik hujayrada sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, fermentlar taʼsirida hujayraning nafas olishini oʻrganishga bagʻishlangan. Flavin moddasini kashf etgan (1932), flavin-adenindinukleotid (FAD, 1938) va nikotinamidadenindinukleotid (NAD) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1931).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil