Nikolaas Tinbergen
Qiyofa
Nikolaas Tinbergen (1907.15.4, Gaaga 1988.21.12) - Gollandiya angliyalik zoopsixolog va etolog. Leyden universiteti biologiya boʻlimida oʻqigan. Leyden va Oksford untlari, Volfson kollejida (professor, 1966) ishlagan (1949-yildan). Ilmiy izlanishlari asalarilar, arktika qushlari va sut emizuvchilarning xattiharakat instinktlari, ularning onto va filogenezdagi rivojlanishiga, etologiyata bagʻishlangan. Individual va ijtimoiy yurishturishning tuzilishi va shakllanishi bilan bogʻliq kashfiyotlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (Karl von Frish va Konrad Lorens bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "TINBERGEN (Tinbergen) Nikolas" OʻzME. T-harfi (Wayback Machine saytida 2018-10-28 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |