Kontent qismiga oʻtish

Marshall Warren Nirenberg

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marshall Warren Nirenberg (2003)

Marshall Warren Nirenberg (1927-yil, 4-oktyabr, Nyu-York) - amerikalik biokimyogar. AQSH milliy Fanlar akademiyasi (1967) va Amerika sanʼat va fan akademiyasi (1966) aʼzosi. Michigan universiteti (1952—57), Artritlar va moddalar al-mashinuvi kasalliklari instituti (1957— 62) ilmiy xodimi, 1962-yildan Lingov yurak kasalliklari milliy instituti bio-kimyo genetikasi laboratoriya mudiri. Asosiy ishlari genetik kodning mazmunini ochib berishga bagʻishlangan. U poliuridil kislota polifenilalaninni sintez qilish uchun matritsa boʻlib xizmat qilishini isbotlab berdi. Nobel mukofoti laureati (1968, R. Xolli va X. G. Korana bilan hamkorlikda)[1].

  1. "NIRENBERG (Nirenberg) Marshall Uorren" OʻzME. N-harfi (Wayback Machine saytida 2021-08-30 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil