Hans Adolf Krebs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hans Adolf Krebs (1900. 25.8, Xildesxaym, Germaniya1981)— ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati (1947 yildan) va AQSH Milliy FA (1964 yildan) aʼzosi. Gyottingen, Freyburg , Myunxen va Berlin untlarida oʻqigan (1919—1925) va ishlagan (1926—33). Oksforddagi Qirol kasalxonasi prof. (1967 yildan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmida moddalar almashinuvini oʻrganishga oid. 1932 yilda aminokislotalardan karbamid (siydikchil) hosil boʻlishini aniqlagan (ornitin halqasi). 1937 yilda trikarbon kislotalar halqasini (q. Krebs halqasi), shuningdek, organizmda dikarbon va trikarbon kislotalar siklini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1953).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil