Francis Crick

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Francis Crick (8-iyun 1916, Xortxempton — 28-iyul 2004, San Diego) — ingliz fizigi, molekulyar biol. asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1959 yildan). Kembrij universiteti professor (1939 yildan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalarning tuzilishini oʻrganishga oid. 1953 yilda J. Uotson bilan hamkorlikda qoʻsh spiral shaklidagi DNK modelini taqlif etgan (Uotson-Krik modeli). Shu model asosida hujayralarning boʻlinishida DNK molekulalaridan nusxa olish mexanizmini tushuntirib bergan (qarang Replikatsiya). Genetik kod tamoyillarini birinchi boʻlib aniqlagan. Nuklein kislotalarning molekulyar tuzilishi va irsiy axborotni oʻtkazishdagi ahamiyatini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1962, J. Uotson va M. Uilkins bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "KRIK (Crick) Frensis Harri Kompton" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil