John Eccles (neyrofiziolog)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ekls, Ekkls Jon Keryu (1903.27.1, Melburn 1997.2.5, Shveysariya) — avstraliyalik fiziolog. Melburn universiteti (1925) va Oksforddagi Magdalen kollejini tugatgan (1929), 1927—37 yillarda Oksfordda Ch. Sherrjgton rahbarligida ishlagan. Sidneydagi patologiya instituti direktori (1937—44). Otago (Yangi Zelandiya) universitetida fiziologiya professor (1944—51). Kanberra Avstraliya milliy universitetida fiziologiya professor (1951—66). Chikago instituti va Nyu-York universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ilmiy faoliyati nerv hujayralaridagi elektrik jarayonlarga oid. E. nerv hujayralarida qoʻzgʻalish va tormozlanishning ion mexanizmlarini oʻrgangan, bir hujayrada hosil boʻlgan nerv impulslari ikkinchi hujayraga qanday oʻtkazilishini koʻrsatib bergan. London qirollik jamiyati aʼzosi (1941 yildan), Nobel mukofoti laureati (1963; AL.Xojkin va A.F. Xaksli bilan hamkorlikda)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil