Edward Tatum
Jump to navigation
Jump to search
Edward Tatum (1909.14.12, Boulder, Kolorado shtata, AQSH — 1975.5.11) — amerikalik biokimyogar va genetik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1952). Chikago va Viskonsin untyni tugatgan (1931), biokimyo doktori (1934). Viskonsin, Utrext (Niderlandiya), Stanford (1937—45, 1948—56) va Yelsk (1945—48) universitetlarida ishlagan (1946 yildan professor). 1957 yildan NyuYorkdagi Rokfeller tibbiyot institutida professor Ilmiy ishlari mikroorganizmlar genetikasiga oid. Bakteriyalarda genetik rekombinatsiya hodisasini kashf etgan (1947). Molekulyar genetikada "bitta gen — bitta ferment" degan fundamental konsepsiya mualliflaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1958, J.U.Bidl va J.Lederberg bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |