Fotiha surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baqara    1–sura   oʻzi birinchi sura
Fotiha surasi — سورة الفاتحة
Title Sura 001 Al-Fatiha.jpg
Sura1.pdf
Suraning arabcha matni
Surani tinglash  
Nomining maʼnosi Ochuvchi
Boshqa maʼnosi Ummul Qur'on
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sura raqami 1
Oyatlar soni 7
Sajda oyati yoʻq
Sahifasi 1[1]
Juz 1
Soʻzlar soni 29
Harflar soni 139

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tartibi
Keyingisi  Baqara surasi oʻzi birinchi sura  Oldingisi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg



Fotiha surasi (arab. سورة الفاتحة suratul fotiha) Qur’on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan boʻlsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri — „Sab’ul-masoniy“, yaʼni „ikki bor nozil qilingan yetti oyat“ demakdir.

Suraning oʻnga yaqin nomlari boʻlib, ulardan eng mashhuri „Fotiha“, yaʼni, „ochuvchi“ — suralarning joylashishi boʻyicha avvalida qoʻyilgani uchun unga shu nom berilgan. „Al-Hamdu“ soʻzi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda oʻzida mujassam etgani uchun „Ummul-Qur’on“, yaʼni „Qur’onning onasi“ nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab baʼzi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.

„Bismillohir Rahmonir Rahim“ oyati „Fotiha“ surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qoʻshib qoʻyilganmi degan masalada mujtahidlarning baʼzilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur’ondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma „Bismilloh“lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi — fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. „Bismilloh“ oyati faqat bir joyda — Naml surasining 30- oyatida kelgan, deb taʼkidlaydilar.

Abu Hanifa (Imom Aʼzam) ham shu fikrda boʻlganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan koʻchirilgan va chop etilgan Qur’on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda „Fotiha“ surasining boshida kelgan „Bismilloh“ga raqam qoʻyilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qur’onlarda esa unga birinchi raqam, „Fotiha“ surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qoʻyadilar.

Fotiha surasining nomlari[tahrir]

  • Fotihatul kitob — Qurʻonni ochuvchi.
  • Ummul Qurʻon — Qurʻonning onasi.
  • Sabʻul Masoniy — yetti takrorlanuvchi oyat yoki yetti oyatdan iborat ikki marta nozil qilingan sura.
  • Suratul solat — Namoz surasi.
  • Suratul hamd — hamd surasi.
  • Al-Qurʻonul aziym — Ulugʻ Qurʻon
  • Shifo
  • Ruqya — dam olish
  • Asos — Asl manba
  • Kanz — xazina

Manbalar[tahrir]

  1. 604 sahifali Qurʼonda.
Oldingisi: oʻzi birinchi sura Wikisource-logo.svg 1-sura — arabcha matni Keyingisi: Baqara surasi