Moʻminun surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Moʻminun surasi — سورة المؤمنون | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Mo‘minlar[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 342–349[4] | ||||||||||||
Juz | 18 | ||||||||||||
Sura raqami | 23 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 118 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 6[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 74[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Moʻminun surasi (arabcha: سورة المؤمنون, nomining maʼnosi — Mo‘minlar[8][9]) — Qurʼonning 23-surasi. Makkiy suralardan biri, 118 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 342–349[10]-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 74-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sura Alloh taoloning borligi va birligiga hamda Muhammad alayhissalom U zotning soʻnggi paygʻambari ekanligiga iymon keltirgan moʻminlar Firdavs bogʻlariga merosxoʻr boʻlish uchun qaysi amallarni qilib, qaysi amallardan tiyilishlari lozim ekanligini bayon qilish bilan boshlanadi. Shu boisdan u "Moʻminlar" deb atalgandir.
Bu surada ham oʻtmishdagi ayrim paygʻambarlar va ularga mushriklar tomonidan yetgan ozorlar zikr qilinishi bilan paygʻambar alayhissalomga Makka kofirlarining yetkazayotgan aziyatlarida tasalli beriladi, Suraning mehvari (oʻqi), asosan, bu dunyodagi hayot uchun qayta tirilish haq ekani atrofida aylanadi. Yana bu surada hayotlarini kufr bilan oʻtkazgan kimsalarning "sakarotul-mavt" — "oʻlim mastligi" chogʻida tortadigan azoblari, ajallari yetib — orzu-xayollari puchga chiqqan paytida chekadigan afsus-nadomatlari ham bayon qilinadi.
Sura odamlar ikki toifaga: baxtli va badbaxtlarga boʻlinadigan, har qanday nasl-nasab, qarindosh-urugʻchilikdan toniladigan, faqat iymon va qilingan yaxshi amalgina foyda beradigan Qiyomat kuni haqida xabar berish bilan nihoya topadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Nur surasi | ![]() |
Oldingisi: Haj surasi |
![]() | Qurʼon suralaridan biri — Moʻminun surasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Makkiy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari yoʻq suralar
- 18-juz suralari
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar