Yusuf surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Yusuf surasi — سورة يوسف | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
| |||||||||||||
|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Yusuf (nom)[1][2] | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 235–248[4] | ||||||||||||
| Juz | 12-13 | ||||||||||||
| Sura raqami | 12 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 111 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 12[5] | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | Alif, lom, ro.[6] | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 1795 | ||||||||||||
| Harflar soni | 7125 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 53[7] | ||||||||||||
|
| |||||||||||||
| Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Yusuf surasi (arabcha: سورة يوسف, nomining maʼnosi — Yusuf (nom)[8][9]) — Qurʼonning 12-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 235–248[10]-sahifasida va 12-13-juzida joylashgan. 53-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu surada, asosan, Allohning paygʻambarlaridan Yusuf ibn Yaʼqubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, ogʻa-inilari va begonalardan koʻrgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yoʻliqqanlari, zindonband boʻlganlari va boshqalar haqida va bunday ogʻir koʻrgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulk-u xazinasiga ega boʻlganlari xususida soʻz boradi.
Bu sura "Hud" surasidan keyin — Muhammad alayhissalom hayotlarining eng qora kunlarida — yaqinlari Xadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar tomonidan ozor-aziyatlar chekib, qiynalib yurgan kezlarida nozil boʻlgandir. Goʻyo Alloh taolo Oʻzining suyukli paygʻambariga va qolaversa, u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan balo-yu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulm-u zoʻravonliklariga sabr-qanoat qilib, oʻzlarining Haq yoʻlidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay, sobitqadam boʻlsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va tor-u tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazm-u uslubida oʻzgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam ahllari undan mutaassir boʻlib, sheʼr-u dostonlar bitganlar, ulamolar esa bu sura xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida "Yusuf" surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan suralardandir", deyilgan boʻlsa, yana birida: "Har qanday gʻam-tashvishga botgan mahzun kishi "Yusuf" surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur", deyiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- YUSUF SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
- ЮСУФ СУРАСИНИНГ ТАФСИРИ (Wayback Machine saytida 2012-05-13 sanasida arxivlangan)
- Қуръони карим, Сура Юсуф (Wayback Machine saytida 2012-05-14 sanasida arxivlangan)
| Keyingisi: Raʼd surasi | Oldingisi: Hud surasi |
| Qurʼon suralaridan biri — Yusuf surasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Makkiy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari bor suralar
- 12-juz suralari
- 13-juz suralari
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar