Kahf surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maryam    18–sura   Isro
Kahf surasi — سورة الكهف
Qurʼon nusxalaridan biridagi Kahf surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 110, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 18, qora rangda - Kahf surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 69, 3. Rukuʼsi soni - 12; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:18, 3. Nozil boʻlish tartibi:69, 4. Rukuʼsi:12, 5. Oyati:110, 6. Porasi (Juzi):15-16 deb koʻrsatilgan.
Sura18.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Gʻor[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 293–304[4]
Juz 15-16
Sura raqami 18
Oyatlar soni 110
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 12[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 1583
Harflar soni 6425
Nozil boʻlish tartibi 69[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Maryam surasi  Keyingisi 18 Oldingisi  Isro surasi
Nozil boʻlish tartibi
Nahl surasi   Keyingisi 69 Oldingisi  Gʻoshiya surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Kahf surasi (arab. سورة الكهف, nomining maʼnosi — Gʻor[8][9]) — Qurʼonning 18-surasi. Makkiy suralardan biri, 110 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 293–304[10]-sahifasida va 15-16-juzida joylashgan. 69-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi[tahrir]

Surada kishilarning Tangri taologa bo‘lgan iymon-eʼtiqodlarini mustahkamlash uchun eng go‘zal, ibratli qissalardan uchtasi so‘ylab beriladi.

Ulardan birinchisi «Ashobul-Kahf» qissasi bo‘lib, unda zolim hokim istibdodidan dinu iymonlarini saqlab qolish uchun o‘z jonlarini fido qilgan yigitlarning bir kahfga - g‘orga panoh tortib kirishib, u joyda uch yuz yil qolib ketishgani haqida hikoya qilinadi. Suraning «Kahf»— «Gʻor» deb nomlanishiga sabab ham shudir.

Ikkinchi qissa Muso va Xizr payg‘ambarlar qissalaridirki, unda Muso alayhis-salomning ilm yo‘lidagi xokisorliklari, Xizir alayhis-salomning boshqa payg‘ambarlarga berilmagan g‘oyibdan ogohlik neʼmatiga muyassar bo‘lganliklari to‘g‘risidagi lavhalar ilohiy qalam bilan bayon etiladi. Uchinchi qissada Alloh taolo marhamati bilan butun dunyoni o‘z hukmida tutish sharafiga noil bo‘lgan adolat va taqvoda benazir buyuk shoh Zul-qarnayn, u kishining fath-yurishlari xususida so‘z yuritiladi.

Yana bu suradan molu davlat g‘ururlanishga arzimaydigan narsalar ekani, umuman bu hayoti dunyo o‘tkinchi – bebaqoligi haqida aytilgan bir qancha ibratli misollar ham joy olgandir.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

KAHF SURASI

Keyingisi: Maryam surasi Wikisource-logo.svg 18-sura — arabcha matni Oldingisi: Isro surasi