Joynamoz

Joynamoz (forscha: جانماز, Jānamāz) – namoz oʻqiladigan toʻshama. Joynamoz ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil, deb tasavvur qilinadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joynamoz ustida namoz oʻqish ilk islom davrida keng tarqalmagan, yerda, boʻyrada ham oʻqilavergan. Joynamoz boʻlmagan taqdirda turli pokiza buyumlardan (masalan, chopon, roʻmol, sholcha, qiyiq, mato va shu kabilar) joynamoz sifatida foydalanish mumkin. Hozirda joynamoz keng koʻlamda qoʻllanilishidan qatʼi nazar, zarurat taqozo qilgan paytlarda pok tuproq yoki oʻtloq ustida ibodat qilish mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Joynamoz atamasi Qurʼonda tilga olinmagan. Joynamoz tayyorlash musulmon mamlakatlarida amaliy sanʼatning anʼanaviy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Joynamoz matodan toʻrtburchak shaklida tayyorlanadi, kashtalar tikib bezatiladi. Kashta mujassamoti mehrob shaklida hoshiyalangan islimiy naqshlardan iborat. Matodan bezaksiz tayyorlangan joynamozning bosh tomoniga ramziy mehrob shakli tikiladi, namoz oʻqish paytida bu shakl Makka (qibla) tomonga qaratiladi. Hozirgi paytda turli hajmda gilam joynamozlar ham tayyorlanmoqda[1].
Tasvirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turk joynamozlari
- Ozarbayjon joynamozlari
-
XVI asr[2]
-
XIX asr
- Tatar joynamozlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Joynamoz“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (J-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ „Л. Керимов. Азербайджанский ковер. Том II“. 2013-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Joynamoz mavzusiga oid fayllar bor.
![]() | Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |