Abasa surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Takvir    80–sura   Naziat
Abasa surasi — سورة عبس
Qurʼon nusxalaridan biridagi Abasa surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 42, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 80, qora rangda - Abasa surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 24, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:80, 3. Nozil boʻlish tartibi:24, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:42, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Qosh chimirdi[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 585–586[4]
Juz 30
Sura raqami 80
Oyatlar soni 42
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 24[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Takvir surasi  Keyingisi 80 Oldingisi  Naziat surasi
Nozil boʻlish tartibi
Qadr surasi   Keyingisi 24 Oldingisi  Najm surasi
                                   

Abasa (arab, abasa — qoshini chimirdi, yuzini burishtirdi) — Qurʼonning 80-surasi nomi. 42 oyatdan iborat. Makkada nozil bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Muhammad (as) Quraysh zodagonlaridan bir guruhini islomga daʼvat qilib turganida Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ikki ko‘zi ko‘r bir sahoba kelib: "YO rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan taʼlim bering", deb so‘raydi. Payg‘ambarning boshqalar bilan band ekanligini sezmagan sahoba yuqoridagi gapini baland ovoz bilan bir necha bor takrorlaydi. Shunda payg‘ambar achchig‘lanib, qovoq soldi va u kishidan yuz o‘girib Quraysh kattalari bilan so‘zlashda davom etdi. Abasa surasi ko‘zi ojiz bir kishiga ro‘yxush bermagan payg‘ambarga tanbeh berish bilan boshlanadi (shuning uchun ham bu sura "Abasa" deb nomlangan) va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, Qurʼon oyatlari Alloh tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligi taʼkidlanadi. Bu surada Alloh o‘z habibi va so‘nggi payg‘ambariga bergan tanbehi do‘stning do‘stga qiladigan beg‘araz muomalasi sifatida talqin etilgan.[8]

Asosiy mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

ABASA SURASI (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)

Keyingisi: Takvir surasi 80-sura — arabcha matni Oldingisi: Naziat surasi