Qunut duosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qunut duosi:

Allohumma inna nastaʼinuka va nastagʻfiruk. Vanu’minu bika va natavakalu 'alayka va nusniy 'alaykal xoyr. Kullahu nashkuruka va la nakfuruk. Va naxlaʼu va natruku may-yafjuruk. Allohumma iyyaka naʼbudu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha 'azabaka inna 'azabaka bil kuffari mulhiq.

Maʼnosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni soʻraymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha neʼmatlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonkoʻrlik qilmaymiz. Senga qarshi nonkoʻrlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz. Allohim! Biz yolgʻiz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina oʻqiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu'-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating koʻp boʻlishini soʻraymiz, azobingdan qoʻrqamiz. Hech shubha yoʻqki, Sening azobing kofirlargadir.[1]

Manbalar[tahrir]