Hijr surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nahl    15–sura   Ibrohim
Hijr surasi — سورة الحجر
Qurʼon nusxalaridan biridagi Hijr surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 99, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 15, qora rangda - Hijr surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 54, 3. Rukuʼsi soni - 6; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:15, 3. Nozil boʻlish tartibi:54, 4. Rukuʼsi:6, 5. Oyati:99, 6. Porasi (Juzi):14 deb koʻrsatilgan.
Sura15.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 262–267[4]
Juz 14
Sura raqami 15
Oyatlar soni 99
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 6[5]
Muqattaot harflari Alif, lom, ro.[6]
Soʻzlar soni 958
Harflar soni 2797
Nozil boʻlish tartibi 54[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Nahl surasi  Keyingisi 15 Oldingisi  Ibrohim surasi
Nozil boʻlish tartibi
Anʼom surasi   Keyingisi 54 Oldingisi  Yusuf surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Hijr surasi (arab. سورة الحجر, nomining maʼnosi — Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy[8][9]) — Qurʼonning 15-surasi. Makkiy suralardan biri, 99 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 262–267[10]-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 54-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi[tahrir]

Bu suraning mehvari — o‘qi turli asrlardagi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib, ularga qarshi chiqqan osiylarning hammasi halokatga uchraganlari atrofida aylanadi. Shu boisdan sura bunday kimsalarga iymonsizliklarining oqibati xatarli ekanligi haqida tanbeh berish bilan boshlanadi.

Bu surada burjlarga bo‘lingan osmon, hayot kechirish unun moslab yaratilgan zamin, maʼdan-xazinalarni o‘z bag‘riga olib o‘rnashgan tog‘lar, yomg‘irli bulutlarga «homilador» bo‘lgan shamollar zikr qilinib, bularning barchasi Haq taolo tarafidan insonga xizmat qilish uchun yaratilgani uqtiriladi. So‘ngra Yaratganning amri bilan asli zuvalasi «qora loy»dan qorilgan insonga butun mavjudot sajda qilganida faqat Iblisgina bu farmonga bo‘yinsunmay kibr-havo qilganini bayon qilish bilan shaytonning insoniyatga nisbatan bo‘lgan adovati to qiyomatgacha davom etishiga ishora qilinadi. Yana bu surada Allohning payg‘ambarlari — Ibrohim, Lut, Shuʼayb va Solih alayhis-salomlarning qissalari so‘ylanadi. Bulardan Solih payg‘ambarning qavmlari — Samud qabilasi Hijr (Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy)dan ekanligi zikr qilinib, mazkur suraniig «Hijr» deb nomlanishining boisi shudir.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

HIJR SURASI

Keyingisi: Nahl surasi Wikisource-logo.svg 15-sura — arabcha matni Oldingisi: Ibrohim surasi