Aʼrof surasi
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Arabic Holy Quran (14mb).pdf |
---|
Aʼrof surasi — سورة الأعراف | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 151–176[4] | ||||||||||||
Juz | 8-9 | ||||||||||||
Sura raqami | 7 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 206 | ||||||||||||
Sajda oyati | 206-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 24[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, mim, sod.[7] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 3344 | ||||||||||||
Harflar soni | 14071 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 39[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Aʼrof surasi (arabcha: سورة الأعراف, nomining maʼnosi — Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[9][10]) — Qurʼonning 7-surasi. Makkiy suralardan biri, 206 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 151–176[11]-sahifasida va 8-9-juzida joylashgan. 39-boʻlib nozil boʻlgan. U payg‘ambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg‘ambarlarning qissalari so‘zlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo — payg‘ambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga o‘z qavmlari tarafidan bo‘lgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning to‘fon balosiga giriftor etilganliklari eslatib o‘tiladi. Bu surada payg‘ambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil zikr qilinib, u zot bilan zolim Firʼavn o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojarolarga to‘xtab o‘tiladi va bani Isroilga berilgan noz-neʼmatlar, Allohning amr-farmonlaridan bosh tortganlaridan keyin esa boshlariga tushgan balo-musibatlar hikoya qilinadi.
Bu surada ham boshqa Makka suralarida bo‘lgani kabi so‘z islomning asosi — mohiyati bo‘lmish Allohning birligi, tirilish va jazo haq ekani hamda vahiy va payg‘ambarlik haqiqati ustida boradi. Suraning avvalida Muhammad alayhis-salomga tushgan mo‘‘jiza — Qurʼon haqida so‘zlanib, u butun insoniyat unun buyuk ilohiy neʼmat ekanligi, binobarin, dunyo va oxirat saodatiga erishish uchun uning yo‘l-yo‘riq va pand-nasihatlariga amal qilib borish lozimligi uqtiriladi.
Yana bu surada Alloh bergan ilmni mol-dunyo topish uchun birovlarga ziyon yetkazish yo‘lida suʼiisteʼmol qilgan olimlar qattiq qoralanib, ular tillari osilib, hansirab turadigan itlarga o‘xshatiladi. Va nihoyat, bu surada qiyomat kunidagi holat tasvirlanadi. U kuni kishilar uch toifaga bo‘linadilar: hayotlarini iymon va yaxshi amallar bilan o‘tkazgan kishilar ahli jannat, kofirlik va o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham yomonlik qilish bilan o‘tgan kimsalar do‘zax egalari bo‘ladilar; qilgan yaxshiliklari bilan yomonliklari barobar kimsalar esa „Aʼrof“ egalari bo‘ladilar. Aʼrof — jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor bo‘lib, uchinchi toifaga mansub odamlar uning ustida Alloh o‘zlarini jannatgami yoki do‘zaxgami hukm qilishini kutib turadilar. Bu surada mana shu holatning tasviri o‘z ifodasini topgani uchun „Aʼrof“ deb atalgan.
Manbalar[tahrir]
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Anfol surasi | ![]() |
Oldingisi: Anʼom surasi |
![]() |
- Ref teglaridan foydalanilmagan maqolalar
- Makkiy suralar
- Sajda oyati bor suralar
- Muqattaot harflari bor suralar
- 8-juz suralari
- 9-juz suralari
- 200 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 150 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar