Moida surasi
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Moida surasi — سورة المائدة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Dasturxon[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 106–127[4] | ||||||||||||
Juz | 6-7 | ||||||||||||
Sura raqami | 5 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 120 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 16[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 2837 | ||||||||||||
Harflar soni | 11 892 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 112[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Moida surasi (arab. سورة المائدة, nomining maʼnosi — Dasturxon[8][9]) — Qurʼonning 5-surasi. Madaniy suralardan biri, 120 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 106–127[10]-sahifasida va 6-7-juzida joylashgan. 112-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi[tahrir]
Qurʼonning eng so‘nggi suralaridan sanaluvchi bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, bir yuz yigirma oyatdan iboratdir. Unda shariat ahkomlari batafsil bayon etilishi bilan birgalikda, eʼtiqod mavzui va ahli kitob haqida ham so‘z yuritiladi. Ushbu surada kishilar o‘rtasidagi aqd (bitim, kelishuv) muomalalari; go‘shti halol bo‘lgan hayvonlarni so‘yish masalalari; ov haqidagi hukmlar: haj va umra kabi ibodatlar uchun shart bo‘lgan ihrom bayoni; ahli kitoblardan bo‘lgan ayollarga uylanish joizligi xususidagi xukmlar; tahorat o‘g‘rilik, zo‘ravonlik va buzg‘unchilik jinoyatlarining jazolari; ichkilik va qimor to‘g‘risidagi so‘nggi-qatʼiy xukm va shariati islomiyyaning yana boshqa ko‘pdan-ko‘p hukm va qonunlari haqida mufassal maʼlumot beriladi.
Bundan tashqari bu surada bizlarga pand-nasihat va ibrat bo‘ladigan qissalar hikoya qilinadi. Shunday qissalardan biri Bani Isroilning o‘z payg‘ambarlari Muso alayhis-salom bilan bo‘lgan mojarolari bo‘lib, unda yahudiylar iymonsiz va qo‘rqoqliklari sababli payg‘ambar so‘ziga kirmay, oqibatda qirq yillab cho‘lu sahrolarda sarson-sargardon bo‘lib yurganlari aytiladi.
Yana bir qissada esa Odamning ikki farzandi — Qobil va Hobil o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mujodala — Qobil o‘z birodari Hobilni nohaq o‘ldirgani to‘g‘risida xabar berilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi doimiy kurash tasvirlanadi. Bu fojea yer yuzidagi nohaq qon to‘kilish fojealarining birinchisi edi.
Yana Iyso payg‘ambarga berilgan mo‘‘jizalardan biri — osmondan moida (dasturxon) tushgani voqeasi ham borki, suraning „Moida“ deb atalishining boisi shudir.
Eslatma[tahrir]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Moida surasi — Oʻzbek tilida
Keyingisi: Anʼom surasi | ![]() |
Oldingisi: Niso surasi |
![]() |
- Ref teglaridan foydalanilmagan maqolalar
- Madaniy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari yoʻq suralar
- 6-juz suralari
- 7-juz suralari
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar